AsosiyDunyo

Buyuk Britaniyada yuk mashinasidan 39 ta jasad topildi

'Buyuk Britaniyada yuk mashinasidan 39 ta jasad topildi'ning rasmi

Buyuk Britaniya polisiyasi yuk mashinasidan 39 nafar muhojirning jasadlarini aniqladi. Mashinaning konteyneri muzlatkichli bo`lgan — tashish vaqtida harorat -25 darajagacha tushishi mumkin.

Britaniyaning Esseks grafligi polisiyasi 19 oktyabr kuni Bolgariyadan tashrif buyurgani taxmin qilinayotgan yuk mashinasida halok bo`lgan 39 nafar odamning jasadlarini aniqladi. Ulardan 38 nafari kattalar, bir nafari o`smir bo`lgan. Shimoliy Irlandiyaning 25 yoshli fuqarosi qotillikda gumon qilinmoqda, deya xabar qildi Novosti axborot agentligi.

Jasadlarning shaxsi hozircha aniqlangani yo`q, biroq polisiya ularning bolgarlar bo`lishi ehtimoli kam ekanini ma`lum qildi. Scania yuk mashinasi Bolgariyaning Verna shahrida Irlandiya fuqarosi bo`lgan ayol nomidan ro`yxatga olingan.

Buyuk Britaniya avtotashuvchilari uyushmasi rahbari Richard Bernett muhojirlarni tashigan yuk mashinasining konteyneri refrijeratorli bo`lganini ma`lum qildi. Uning ichidagi sharoit har qanday odam uchun dahshatlidir.

Uning so`zlariga ko`ra, muzlatilgan mahsulotlarni tashish vaqtida refrijerator ichidagi harorat -25 darajagacha tushishi mumkin.

Hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar