1

Vitaliy Denisov: Maqsadimiz – finalgacha etib borish

Sport 11.01.2015, 18:12
Vitaliy Denisov: Maqsadimiz – finalgacha etib borish

O`zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov rossiyalik jurnalistlarning Osiyo kubogi haqidagi savollariga javob aytargan. U jumladan, terma jamoa maqsadi finalga qadar etib borish ekanini ta`kidlagan.

"Jiddiy vazifa bo`lmaganda, bu erga kelmagan bo`lardik. Bizning maqsadimiz – finalgacha etib borish. Shuning uchun ham barcha raqiblarga maksimal mas`uliyat bilan qaraymiz. Axir bunday musobaqalarda har qanday xato qimmatga tushishi mumkin", - deydi Denisov.

Vitaliy shuningdek, KXDR ustidan qozonilgan g`alaba haqida ham gapirib o`tgan.

"Raqib oxirigacha kurashdi. 93-daqiqada ular burchak to`pi tepishdi, biz ikkinchi qavatda imkoniyatni bosh berdik. Yaxshiyamki, bu vaziyatda darvozabonimiz Ignatiy Nesterov tayyor turgan edi. U jamoani so`nggi soniyalarda durangdan saqlab qoldi.

Nima bo`lganda ham, biz g`alaba qozondik, endi Xitoy bilan o`yinda keyingi bosqich masalasini hal qilishimiz lozim"

Manba: www.uff.uz


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1