AsosiyDunyo

Hindistonda 24 yil ishga kelmagan elektrik muhandis ishdan bo`shatildi

Hindistonda shahar taraqqiyoti vaziri Venkayya Naydu oxirgi marta 1990 yil dekabrida ishga chiqqan elektrik muhandisni ishdan haydadi, deya xabar bermoqda «Korrespondent.net».

Ma`lum bo`lishicha, deyarli chorak asr davomida ishga kelmagan erkak davlat muassasalari uchun binolar qurish bilan shug`ullanuvchi vazirlik qoshidagi departamentga 1980 yilda ishga joylashgan. O`n yildan so`ng u ta`tilga chiqib ketgan va ishda boshqa ko`rinish bermagan.

1992 yilda tergov ishi boshlangan, u elektrikning ishga kelmay yurganini ko`rsatgan edi. Biroq department hech qanday chora ko`rmadi, erkak ham ishga kelavermadi, shu tufayli u haydalmadi.

Yaqinda uning shaxsiy ishi ma`muriy jazolar to`g`risidagi joriy ishlar taftishi yuzasidan yana rahbariyat diqqatini tortdi. 2015 yil yanvaridagina ishchi bilan shartnoma bekor qilindi.

manba: daryo.uz

 

    Boshqa yangiliklar