Hamyurtimiz Azamat Nuftillaev Ukrainaning Vinnisa shahrida universal jang bo`yicha jahon chempionatida birinchi o`rinni qo`lga kiritdi, deya xabar bermoqda Sports.uz sayti.
O`zbek “ajdari“ nomi bilan mashhur bo`lgan sportchimiz og`ir vazn toifasida finalda moldovalik Aleksandr Lyaxni mag`lubiyatga uchratdi va jahon chempioni nomiga sazovor bo`ldi.
Ma`lumot uchun: Nuftillaev yarim finalda Ozarbayjonlik raqibini mag`lubiyatga uchratgan edi.