Noqulay ob-havo sharoiti Moskva aeroportlarida 26 reysni bekor qilish va 119 reysni kechiktirishga sabab bo`ldi. Bu ma`lumot Yandeks.Raspisaniya xizmatidan olingan.
Qor yog`ishining to`xtamasligi va buning oqibatida atrofni yaxshi ko`ra olmaslik tufayli shunday qarorga kelindi.