1

Psixotrop tabletkalarning pochta orqali kirib kelishining oldi olindi

Salomatlik 12.01.2015, 09:45
Psixotrop tabletkalarning pochta orqali kirib kelishining oldi olindi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 30 iyuldagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, olib kirish va tranzit tarzda o`tkazish to`g`risida”gi 293-sonli qarori bilan O`zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan olib o`tilishi, muomalaga kiritilishi ta`qiqlangan va chegaralangan psixotrop hamda narkotik vositalar ro`yxati tasdiqlanga, deb yozmoqda customs.uz.

Shuningdek, ushbu qaror bilan psixotrop va narkotik vositalarini O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va muomalaga kiritish tartibi belgilab qo`yilgan.

Qolaversa, Xalqaro pochta Konvensiyasig asosan, pochta jo`natmalari orqali psixotrop va narkotik vositalarning yuborilishi qat`iyan ta`qiqlangan.

Lekin shunga qaramay so`nggi paytlarda tarkibida narkotik va psixotrop moddalari mavjud bo`lgan dori vositalarini pochta jo`natmalari orasida jo`natish holatlari ham uchrab turibdi.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Boshpochtampt” bojxona posti xodimlari shu turdagi bir necha bojxona qoidabuzarliklarini fosh qilishdi.

Poytaxtlik U.B. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo`natmasi bojxona ko`rigidan o`tkazilganda, buyumlar orasida “CN-23” shaklidagi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan 143 dona “Akamol” nomli psixotrop tabletkalari borligi ma`lum bo`ldi.

Mazkur post xodimlari tomonidan fuqaro U.M. nomiga kelgan pochta jo`natmasi bojxona ko`rigidan o`tkazilganda esa undagi buyumlar orasida 100 dona “Katapresan” nomli psixotrop tabletkalari borligi aniqlandi.

Shunga o`xshash yana bir holatda esa fuqaro A.G. nomiga kelgan pochta jo`natmasidagi buyumlar orasida esa 90 dona “Tavor” nomli psixotrop tabletkalar borligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1