AsosiyJamiyat

Yakkabog`lik “Farzandi ko`z oldida xo`rlangan ayol” tafsilotlari oydinlashdi

'Yakkabog`lik “Farzandi ko`z oldida xo`rlangan ayol” tafsilotlari oydinlashdi'ning rasmi

2019 yilning 26 oktyabr kuni “Farzandi ko`z oldida xo`rlangan ayol” nomli sarlavha bilan fuqaro Ochilova Sharofatning O`zbekiston Prezidentiga yo`llagan videomurojaati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

 Mazkur holat Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tezkor o`rganildi va ma`lum qilindi.

Unga ko`ra, murojaat Yakkabog` tuman IIB Navbatchilik qismida ro`yxatdan o`tkazilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari tuman IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`limi inspektori tomonidan olib borilgan. 

Aniqlanishicha, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida fuqaro Sobir Ochilov juda ko`p miqdorda spirtli ichimlik iste`mol qilib, 2019 yilning 25 iyun kunidan 26 iyun kuniga o`tar kechasi o`ta mast holatda bo`lganligi sababli qo`shnisi Sharofat Ochilovani uyiga kirgan. O`z navbatida, S.Ochilovni ko`rgan ayol unga qarshilik ko`rsatib, qo`l ko`targan. Shundan so`ng, S.Ochilov ham ayolni bir necha marotaba urib, uydan qochib chiqib ketgan. Holat yuzasidan yig`ilgan hujjatlar to`plami orqali S.Ochilov qo`shni ayolni nomusiga tegish va uning mol-mulkini egallashga qaratilgan harakatlarni sodir qilmaganligi isbotlangan.

Fuqaro Sh.Ochilova ham o`zining dastlabki bergan ko`rsatmalarida S.Ochilov uni nomusiga tegishga qaratilgan haraktalarni sodir qilmaganligini va faqatgina uning tanasini turli joylariga urib, so`ng uydan qochib chiqib ketganligini bayon qilgan.

Holat yuzasidan tayinlangan sudga oid tibbiyot ekspertizasining xulosasida Sh.Ochilovaning tanasidagi jarohatlar og`irlik darajasiga ko`ra sog`liqni qisqa muddat yomonlashuviga olib kelmagan engil tan shikasti guruhiga kirishi ko`rsatilgan.

Tuman IIB xodimlari tomonidan holat yuzasidan jamlangan hujjatlar to`plami Yakkabog` tuman prokurori va ma`muriy sudi tomonidan o`rganib chiqilgandan so`ng, 2019 yil 30 sentyabr kuni qo`shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o`tkazish uchun Yakkabog` tumani IIBga yuborilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari Yakkabog` tumani IIB profilaktika inspektori tomonidan olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar