Ayol san`atkorlar orasida oila va farzand tarbiyasi bilan bir qatorda ijodini ham maromiga etkazib olib borayotganlar ko`pchilikni tashkil etadi. Bir necha vazifani o`z o`rnida bajarish anchayin mushkul bo`lsa-da, san`at vakilalari bu borada havas qilsa arzigudek uddasidan chiqishmoqda, deb yozadi popcorn.uz.
Madina Mumtozni ham ana shunday san`atga ishtiyoqi baland, oila va ijodni barobar olib borayotgan xonanda va aktrisa sifatida misol qilishimiz mumkin. O`tgan yili yakkaxon konsert dasturini muxlislariga taqdim etgan xonanda ayni kunlarda ikkita yangi tarona ustida ish olib bormoqda. Bu haqda uning o`zi bilan bog`langanmizda ma`lum qildi. Yangi qo`shiqlarning biri xorazmcha bo`lib, Bahodir Nizomov so`zi va musiqasi asosida yaratilgan.
Keyingi tarona esa “Ey yor” deya nomlanib matni Ra`no Yaarasheva qalamiga mansub, musiqasini Abduhoshim Ismoilov bastalagan. Aranjirovkani esa Murodilla Hakimov amalga oshirgan. Qolaversa, xonanda ijodidan yana bir yangilik, uning “Ota” deb nomlangan qo`shig`i uchun tez kunlarda videoklip tasvirga olinadi.





