1

Afg`oniston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Muxammad Kargar pichoqlab ketildi

Sport 12.01.2015, 17:27
Afg`oniston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Muxammad Kargar pichoqlab ketildi

Afg`onistonning futbol bshyicha milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo`lmish Muhammad Kargar ayni damda kasalxonada. Gap shundaki, murabbiyga 4 kishi kutilmaganda xujum qilgan va pichoq bilan tan jarohatlarini etkazishgan, deya xabar beradi mk.ru nashri.

Hodisa Muxammad Kargarning Kobul shahridagi uyida yuz bergan. Ayni damda voqea sabablari o`rganilmoqda. Ma`lum bo`lishicha, shifokorlar jabrlanuvchining ahvoli birmuncha barqarorlashganini aytishmoqda.

Eslatib o`tamiz,  Muhammad Kargar 2008 yildan buyon mamlakat terma jamoasini boshqarib kelmoqda. U ushbu jamoa bilan 2013 yilda kichik miqyosdagi Janubiy Osiyo kubogida g`alaba qozongan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1