1

O`zbekistonda sevimli milliy multfilm qahramonlari yaratiladi.

Madaniyat 29.10.2019, 12:08
O`zbekistonda sevimli  milliy multfilm qahramonlari yaratiladi.

O`zbekistonda milliy animasion qahramonlarni yaratish uchun tanlov e`lon qilindi. Tanlov jamg`armasi  50 million so`mni tashkil etadi.

Ushbu taklif Toshkentda bo`lib o`tgan Xalqaro animasiya kuniga bag`ishlangan ijodiy kechada e`lon qilindi.

Tantanali tadbir oldidan  joriy yilning 28 oktyabr kuni Toshkentda bo`lib o`tgan “ O`zbek animasiyasi rivojlanishi muammolari va uni bartaraf qilish yo`llari” konferensiyasi bo`lib o`tdi, unda sevimli multfilm qahramonlari yo`qligi, xususiy animasion studiyalarning faoliyati ,  animatorlarning moddiy-texnik bazasi muammolari muhokama qilindi, o`zbek milliy animasiyasida kadrlar masalasi ko`rib chiqildi. Mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish va animasion filmlarni yaratishga qo`shimcha byudjet, chet ellik mutaxassis va animatorlarni O`zbekistonga jalb qilish masalalari ko`tarildi.

Tadbir ishtirokchilari milliy animasiyani rivojlantirish uchun “Yo`l xaritasi” ning asosini tashkil etadigan takliflar tayyorlash bo`yicha ishchi guruhlar tuzishga kelishib oldilar.

-Ko`pgina mamlakatlarda barchaning sevimli milliy multfilm qahramonlari bor. Bizning multfilmlarimizning bir xil ijobiy qahramonlar. Aslida multiqahramonlar turli xarakterga ega bo`lishi, barcha bolalarning  qalbini zabt etishi lozim. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning ushbu ezgu tashabbusini qo`llab-quvvatlab, farzandlarimizga mehr-oqibat, bilim, do`stlik, o`z Vataniga muhabbat kabi  muhim tushunchalarni uyg`otishini istagan barcha mahoratli rassom-multiplikatorlarni jalb qilmoqchimiz,  - dedi Konferensiyada “O`zbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov.

EOAVMA media-xollida Xalqaro animasiya kuniga bag`ishlangan tantanali kechada  “pantomimo” ustalarining chiqishlari, yangi multfilmlar namoyishi va mahalliy animatorlarni taqdirlash marosimi ham bo`lib o`tdi.

Ishlab chiqarilgan “Yo`l xaritasi” joriy yilning noyabr oyida bo`lib o`tadigan animatorlar forumida tasdiqlanadi. Ta`kidlash kerakki, jamoat va xususiy tashkilotlar, shuningdek, Animasiya studiyalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va bu san`atga qiziqqan barcha a`zo bo`lishi mumkin bo`lgan O`zbekiston animatorlari uyushmasini tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1