1

“Issiq non“ filmi bosh rol ijrochisi xalqaro mukofotni qo`lga kiritdi

Madaniyat 29.10.2019, 14:47
“Issiq non“ filmi bosh rol ijrochisi xalqaro mukofotni qo`lga kiritdi

Rejissyor Umid Hamdamovning “Issiq non“ filmining bosh rol ijrochisi o`n besh yoshli aktrisa Zarina Ergasheva Ukrainada bo`lib o`tgan “Dityatko“ XII Xalqaro bolalar media-festivalida “Eng yaxshi aktrisa“ mukofotini qo`lga kiritdi. Bu haqda "O`zbekkino" matbuot xizmati xabar berdi.

“Bu xabarni eshitib sevinib ketdim. Ilk rolim menga juda omadli keldi. Albatta, men hali o`z nutqim va mahoratim ustida ko`p ishlashim kerak. Xorij tillarini o`rganishni niyat qilganman. Dunyo kartinalarida rol o`ynash eng katta orzuim“, deydi Zarina Ergasheva.

Zarina Ergashevaga mukofot va diplom 28 oktyabr kuni Xalqaro animasiya kuniga bag`ishlangan tantanali kechada topshirildi.

Eslatib o`tamiz, “Issiq non“ filmi bundan avval “Oltin humo“ kinofestivalida 2 ta, Rossiyaning “Kinoshok“ kinofestivalida 3 ta mukofotni qo`lga kiritgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1