Qozog`istonda haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxslar tomonidan boshqarilgan avtomobilni musodara qilish amaliyoti joriy qilinishi rejalashtirilmoqda.
Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri o`rinbosari Marat Kojaev ma`lum qildi, deyiladi “Tengrinews.kz” tayanib berilgan xabarida.
Vazir so`zlariga ko`ra, mamlakatda haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxslar tomonidan avtomobil boshqarish holatlari ko`p uchramoqda. Huquq organlari bu borada Belarus va Rossiya tajribasini o`rganib, amaliyotga joriy qilmoqchi.






