1

Dilnoza Kubaeva o`zbek seriallari haqida: «Umuman talabga javob bermaydi» (Video)

Madaniyat 29.10.2019, 15:47
Teglar: Video
Dilnoza Kubaeva o`zbek seriallari haqida: «Umuman talabga javob bermaydi» (Video)

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston milliy kutubxonasida mahoratli aktrisa Dilnoza Kubaeva bilan «Sirning siri samimiyatda: Aktrisa Dilnoza Kubaevaning ijodiy ustaxonasida bir kun» mavzusida ijodiy uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida aktrisa Dilnoza Kubaeva nega bugungi kunda birorta ham o`zbek seriallarida suratga tushmayotganini quyidagicha izohladi.

Men serialda bir-ikki marta ishlaganman. Chapaqayman, chapaqay odamlar biroz o`jarroq bo`ladi. ‘Hech qachon o`ynamayman’, deb yuborganman. Mening tez zerikib qoladigan odatim bor. Men uchun yangi-yangi loyihalar, professionallardan iborat bo`lgan guruhlar, yangi takliflar bo`lsa yaxshi, serialda davomiylik bo`ladi. Sizning spektakllaringiz ba`zida ularni qiziqtirmaydi. Mening asosiy ish joyim esa teatr.

Daraxt bir joyda ko`karadi deyishadi. Bir joyda ko`karishni orzu qilib, shu erdan nafaqaga chiqib, nafaqaga chiqqanda ham teatrdan uzoqlashmagan holda o`rnimni yosh, endi institutni bitirib kelgan talabaga bersam.

Seriallar juda ko`p vaqtni talab qiladi. Ayniqsa, hozirgi olinayotgan seriallar meni mutlaqo qoniqtirmaydi. Hammasi deyolmayman, ularning gapi, so`zlashish odobi, kiyib chiqayotgan kiyimlari, qizlarimizning qoshi ustiga chizilayotgan qoshi, kipriklari, u erdagi holat, voqealar umuman talabga javob bermaydi. U erdagi olib chiqilayotgan sahnalar bizni ozgina pastga tushirib qo`yyapti.

Yaqinda Qirg`iziston gastrolidan keldim. ‘Yotvolib faqat sizlarni ko`ramiz’, deyishdi. Bizni qo`shni respublikada ko`rishadi, bizni juda ko`p davlatlar ko`rishadi. Ularda hozirgi seriallarimizni ko`rib, biz haqimizda yomon fikr uyg`onmaydimi? O`tirib olib, ‘Ha, nima? Yo`q, senga beradigan pulim’. Mana shunaqa har xil kulgili sahnalar, onalarimizni hech qachon bunaqa deb o`ylashlarini men istamas edim.

Endi o`zimiz bilamiz ichimizdagini. Lekin san`at o`z nomi bilan san`at bo`lishi kerak. Ikir-chikir muammolarimizni chiroyli qilib, odob doirasida olib chiqishimiz kerakmi, kerakmasmi? Bizni qancha ko`z ko`radi. Ko`p davlatlar qo`shiqlarimizni eshitishadi, kinolarimizni ko`rishadi. Ularning kinosida eng so`nggi texnologiyalar ishlashi mumkin, lekin, ular bizga etishni orzu qilishadi.

Lekin biz seriallarimiz orqali kimlarni tanqid qilyapmiz? Demoqchimanki, ko`p narsa ma`naviyatga, bilimsizlikka borib taqaladi. Odamlarni ohanrabo, magnitdek o`ziga tortib oladigan mavzularimiz kammi? Masalan, ‘Shum bola`ni qayta-qayta ko`ramiz, chunki chiroyli yozilgan narsani chiroyli olishgan.

Lekin biz shu bir-ikkita xunuk narsalarni ushlab olib, seriallarimiz orqali olib chiqyapmiz. Shuning uchun insof bersin. Men yaqin orada serialga tushishimni hech ham tasavvur qilolmayman.

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1