1

O`zbek badiiy filmi uchun AQShdan tashakkurnoma keldi

Madaniyat 29.10.2019, 16:32
O`zbek badiiy filmi uchun AQShdan tashakkurnoma keldi

Joriy yilning oktyabr oyida Amerika Qo`shma Shtatlarining Atlanta shahrida yashovchi o`zbeklar jamiyati a`zolari uchun “O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan yaratilgan «Said va Saida» badiiy filmining taqdimot marosimi bo`lib o`tgan edi. Bu haqda "O`zbekkino" milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan AQShning Atlanta shahri O`zbeklar jamiyatining Raisi Rahmon Eshovning “O`zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov nomiga film haqida iliq taassurotlar va minnatdorchilik bildirilgan tashakkurnomasi keldi. 

Tashakkurnomada jumladan shunday deyilgan: "Said va Saida»​ filmi O`zbek xalqining taniqli va sevimli adibi Said Ahmad va xassos shoira Saida Zunnunovalarning hayoti va ijodi bilan bizni yaqindan tanishtirdi va barchamizda chuqur taassurot qoldirdi".​

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1