AsosiyDunyo

Malika Diana falokat paytida homilador bo`lgan

Buyuk Britaniyaning sevimlisi malika Diananing fojeali falokati sodir bo`lganida 20 yil bo`ldi, matbuotda esa hali ham ushbu avtofalokat tafsilotlari haqida yozishda davom etishmoqda, deb yozadi starslife.ru.

Shunday qilib, bir necha kun oldin rejisser Yon Konvey Londonda malika Diananing o`limini surishtirish jarayonlariga bag`ishlangan o`zining “Haqiqat, yolg`on, Diana” deb nomlangan spektalini namoyish etdi. Pesa muallifi shahzoda Charlzning turmush o`rtog`i o`sha paytda homilador ekanligini ilgari surmoqda. Buning ustiga bolaning otasi qirollik oilasi vakili emas, balki uning sevgilisi Dodi al-Fayed deb e`tirof etmoqda.

Qayd etish zarurki, Diananing al-Fayeddan homilador bo`lganligi haqidagi ma`lumot yangilik emas. Xuddi shu mazmundagi hayratomuz yangilikni Diananing jasadini o`rgangan shifokorning dugonasi ma`lum qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar