Xorvatiyaning amaldagi prezidenti Ivo Yosipovich prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida mag`lub bo`lganligini tan oldi, deya xabar qilmoqda segodnya.ua.
Respublikaning birinchi ayol prezidenti mamlakatning sobiq tashqi ishlar vaziri Kolinda Grabar-Kitarovich bo`ldi.
Xorvatiya saylov komissiyasi e`lon qilgan natijalarga ko`ra, Kolinda Grabar-Katarovich 50,54 foiz ovoz to`plagan. Amaldagi prezident Ivo Yosipovich raqibasidan 1 foiz kam ovoz to`ladi. Unga berilgan ovoz 49.46 foizni tashkil etdi.





