Evgeniy Petrosyan! Bu inson ismi tilga olinganda, hammaning yuziga tabassum yuguradi. Uning nomi millionlab kulgu shinavandalari, jumladan o`zbeklar uchun ham yaxshi tanish. Gazetamizning doimiy hamkorlaridan biri Otabek Mahkamov ushbu taniqli san`atkor bilan uchrashib, undan intervyu olishga muvaffaq bo`ldi.
- Evgeniy Vaganovich, keyingi paytlarda salomatligingiz yomonlashgani haqidagi xabarlar tez-tez quloqqa chalinadigan bo`lib qoldi.
- Ayni damda o`zimni yaxshi his qilyapman. Tan olaman, keyingi paytlar sog`lig`im bilan bog`liq muammolar yuzaga kelgani rost. Jarrohlik amaliyotini ham boshdan kechirdim. Hammasi uchun avvalo Yaratganga shukur va shifokorlarga rahmat. Hozir o`zim ham sog`lig`im ustida jiddiy qayg`uryapman. Badantarbiya qilib turaman. Ammo, parhez saqlolmayapman. Ayolim juda pazanda. U pishirgan taomlarning hech biridan ko`z yumolmayman.
“Darakchi” gazetasining 3-sonida Evgeniy Petrosyan bilan interyuni to`liq holda o`qishingiz mumkin.
Obuna indeksi: 424