AsosiyDunyo

Apple rekord darajada daromad oldi

'Apple rekord darajada daromad oldi'ning rasmi

Kompaniya rahbari Tim Kukning ta`kidlashicha, rekord daromad Apple kompaniyasining servis segmentlarining jadal o`sishi bilan bog`liq.

Amerikaning Apple kompaniyasi o`tgan yilgi daromadlar rekordini yangiladi va 2019 yilning to`rtinchi choragida 64 milliard dollar daromad oldi. AQShda moliyaviy yil 28 sentyabrda yakunlandi.

Apple xizmat ko`rsatish segmentidan kompaniya 12,5 milliard dollar yoki barcha daromadning qariyb 20 foizini oldi. Kompaniya, shuningdek, taqiladigan elektronika va iPad savdosi tufayli daromad o`sishini qayd etdi. Shu bilan birga, kompaniyaning choraksof foydasi 2018 yilga nisbatan to`rt foizga, 14,1 milliarddan 13,7 milliardga tushdi.

Kukning so`zlariga ko`ra, 2020 moliyaviy yil birinchi choragida Apple daromadlari o`sishda davom etadi va 85,5-89,5 milliard dollargacha etadi.

    Boshqa yangiliklar