AsosiyJamiyat

Vatan himoyachilari uchun bayram tashkil etildi

“Turkiston” saroyida 13 yanvar kuni Vatan himoyachilari kuni hamda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 23 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosim bo`lib o`tdi, deya xabar beradi O`zA.

Shu munosabat bilan bu erga askar va serjantlar, kursantlar, ofiserlar, generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari va jamoatchilik vakillari taklif etildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 23 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigini O`zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Q.Berdiev o`qib eshittirdi. 

Prezidentimizning 2015 yil 12 yanvarda qabul qilingan farmoniga muvofiq Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhi faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi. Yig`ilishda ularga Vatanimizning ana shu yuksak mukofotlari topshirildi.   
«Eng ilg`or oliy harbiy ta`lim muassasasi», «Eng ilg`or Serjantlar tayyorlash maktabi», «Eng ilg`or mudofaa ishlari boshqarmasi» tanlovi g`oliblari e`lon qilinib, diplom va esdalik sovg`alari bilan mukofotlandi.
Yig`ilishda so`zga chiqqan “Mardlik” ordeni sohibi, kapitan Jahongir Vahobov, “Jasorat” medali sohibi, kichik serjant Jahongir Husanov, askar onasi Zulxumor Rahmonqulova, O`zbekiston xalq artisti Erkin Komilov va boshqalar barcha Vatan himoyachilarini bayram bilan tabriklab, Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni Islom Karimovga harbiy xizmatchilarga ko`rsatayotgan doimiy e`tibori va g`amxo`rligi uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi.
Tantanali marosimda taniqli san`atkorlar va yosh iste`dodlar ijrosida katta bayram konserti namoyish etildi.   
 

    Boshqa yangiliklar