1

IFFHS reytingi: «Bunyodkor» O`zbekistonning eng yaxshi klubi

Sport 14.01.2015, 09:19
IFFHS reytingi: «Bunyodkor» O`zbekistonning eng yaxshi klubi

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) 2014 yil yakunlari bo`yicha dunyo klublarining yangi reytingini e`lon qildi.

Undan O`zbekistonning "Bunyodkor" (329-o`rin, 68 ball) "Paxtakor" (428-o`rin, 59 ball) va "Lokomotiv" (483-o`rin, 54 ball) jamoalari ham o`rin olishgan.

IFFHS reytingini Madridning "Real" jamoasi 381 ochko bilan boshqarmoqda. "Bavariya" (276) va "Atletiko" (267) klublari esa keyingi o`rinlarda bormoqdalar.

"Barselona" 251 ball bilan to`rtinchi, Kolumbiyaning "Atletiko Nasonal" jamoasi esa 249,5 ochko bilan beshinchi o`rinda qayd etilgan. Shuningdek, kuchli o`nlikka "Yuventus" (Italiya), "Arsenal" (Angliya), "Napoli" (Italiya), "River Pleyt" (Argentina) va "Zalsburg" (Avstriya) jamoalari kirishgan.

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1