1

“Talabalik — oltin davrim”mi yoki "sinovlarga sabrim"mi?

Jamiyat 01.11.2019, 15:46
Teglar: Talaba, Karim BAHRIEV
“Talabalik —  oltin davrim”mi yoki "sinovlarga sabrim"mi?

●BIRINChI ZARBA      

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi 2019  yil 23 sentyabrda “Oliy ta`lim muassasalari talabalariga stipendiyalar to`lash tartibi va miqdorlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori loyihasini muhokama uchun e`lon qildi. Unga ko`ra, 2019-2020 o`quv yilidan boshlab respublika oliy ta`lim muassasalarining kunduzgi  shaklida davlat granti va bir yillik o`qitish qiymatining stipendiyali miqdorini to`lagan, to`lov-kontrakt asosida ta`lim olayotgan talaba- larni (xorijiy talabalardan tashqari) stipendiya bilan ta`minlash tizimi joriy etilishi lozim. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, oliy ta`lim muassasalariga ega bo`lgan boshqa vazirlik va idoralar talabaning har oyda to`lanadigan bazaviy stipendiya miqdorini to`lov-kontrakt shaklida o`qitishning qiymati miqdoriga o`z xohishiga ko`ra kiritilishini inobatga olishlari kerak. Bunda, o`quv yili uchun to`lov-kontrakt qiymati miqdoriga kiritilgan har oyda to`lanadigan stipendiya summasi talabaga uning o`zlashtirish ko`rsatkichlaridan qat`i nazar to`lanishi belgilangan. Shuningdek, barcha fanlar bo`yicha o`zlashtirish ko`rsatkichi faqat “a`lo” baho (reyting ko`rsatkichi 86 baldan kam bo`lmagan) bo`lgan talabalarga navbatdagi o`quv semestri davomida bazaviy stipendiyaning 15 foizi miqdorida; o`zlashtirish ko`rsatkichi faqat “a`lo” hamda “a`lo” va “yaxshi” baho bo`lgan yoki jamoat ishlarida faol yoki ij- timoiy himoyaga muhtoj talabaga navbatdagi o`quv semestri davomida tayinlangan jami stipendiyaga nisbatan 50 foizgacha miqdorda qo`shimcha rag`batlantirish mablag`i to`lanadi. Iqtidorga ega, xalqaro yoki respublika yoki oliy ta`lim muassasasi miqyosida talabalar o`rtasida o`tkazilgan fan (ta`lim yo`nalishi) olimpiadalari g`olibi bo`lgan talabaga bazaviy stipen- diya miqdoriga nisbatan bir o`quv yili davomida quyidagi tartibda alohida moddiy rag`batlantirish to`lovlari tayinlanadi:

—           xalqaro miqyosdagi olimpiada g`olibiga — 50 foiz;

—           respublika miqyosidagi olimpiada g`olibiga — 25 foiz;

—           oliy ta`lim muassasasi miqyosidagi olimpiada g`olibiga — 15 foiz.

Oliy ta`lim muassasalarida 2019-2020 o`quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturada ta`lim olayotgan talabalarga to`lanadigan stipendiyaning bazaviy miqdori 400 000 (to`rt yuz ming) so`m etib belgilanadi. Avvalgi semestr natijalariga ko`ra barcha fanlardan o`zlashtirish ko`rsatkichi faqat “a`lo” (reyting ko`rsatkichi 86 baldan kam bo`lmagan) bo`lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori

15 foizga oshirilgan holda belgilanadi. 2019/2020 o`quv yilining 2-semestridan boshlab avvalgi semestr natijalariga ko`ra o`zlashtirish ko`rsatkichi 30 foiz  vaundan  ortiq fanlar bo`yicha “qoniqarli” baho (reyting ko`rsatkichi 55-70 ball bo`lgan) bo`lgan talabaga navbatdagi semestr uchun stipendiya tayinlanmaydi. O`quv semestri uchun o`zlashtirish natijalari bo`yicha uzrsiz sabablarga ko`ra akademik qarzga (bir yoki undan ko`p fanlar bo`yicha 55 % dan kam reytingga) ega bo`lgan oliy ta`lim muassasalarining talabalari keyingi o`quv semestri oyining birinchi kunidan boshlab stipendiya olish huquqidan mahrum bo`ladilar.

               ●IKKINChI ZARBA      

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi super-kontraktlar haqida qo`shimcha rasmiy ma`lu- motlarni e`lon qildi. Unga ko`ra, 2019-2020 o`quv yili 4 balgacha etma- ganlar super-kontraktni quyidagi miqdorda to`lashar ekan: Jumladan, 1 balgacha etmagan abiturientlar uchun — 1,5; 1.1 baldan 2 balgacha —2,0 barobar; 2.1 baldan 3 balgacha etmaganlar uchun — 2,5 barobar, 3.1 baldan 4 balgacha etmaganlar uchun — 3,0 barobar belgilandi. Kirish baliga 4 baldan ortiq etmagan, lekin 56,7 dan ko`p ball to`plagan abiturientlar uchun super-kontrakt miqdorlari 10 va 15 barobar, yurisprudensiya yo`nalishida esa — 25 barobar, ya`ni 229 mln. 184 ming so`m. Tibbiyot yo`nalishiniki — 20 barobar, ya`ni 170 mln. 649 ming so`mni tashkil etmoqda.

Haqli savol tug`iladi. Ayni paytda mamlakatimizda eng kam oylik ish haqi 223 000 ming so`m bo`lgani, o`rtacha oylik ish haqi 2019 yil yanvar – iyun oylarida 2,092 million so`mni tashkil etib turgan bir paytda super-kontrakt miqdorining bunday yuqori darajada hisoblanishi qaysi mezonlarga to`g`ri keladi yoki qaysi mantiqqa tayangan holda bunday qarorga kelindi?

Nega vazirlik aholining bu boradagi fikrlarini inobatga olmadi? Nega siyosiy partiyalar va deputatlar bilan ushbu masala muhokama qilinmadi, ularning takliflari olinmadi. Bu borada yil davomida quyi palata deputatlari — Abdurashid Abduqodirov, Rasul Kusherbaev va boshqalarning e`tiroz va bayonotlari e`tiborsiz qoldirildi. Saylov yaqinlashayotgan bir pallada ham aksariyat partiyalar jamiyat va uning kelajagi bo`lmish yoshlar taqdiriga bevosita ta`sir qiladigan masalalarda qat`iy pozisiyasini ko`rsatmasdan, jim turishni ma`qul ko`rmoqda.

O`zLiDePning savollarini mas`ullar uchun takrorlaymiz: Birinchidan, tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt miqdorlari qaysi bir mezon aso- sida ishlab chiqilgan? Ikkinchidan, tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt miqdorlarini belgilashga amaldagi qonun hujjatlariga ko`ra, vazirlikda vakolat bormi? Uchinchidan, o`quv yi- lining birinchi yarmi uchun kamida 50 foiz kontrakt to`lovi joriy yilning 1 noyabriga belgilangan bo`lsa-da, to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun to`lov haqini o`tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiy- lashtirishning so`nggi muddati 2019 yilning 15 oktyabri etib belgilanishi mantiqan to`g`rimi? To`rtinchidan, davlat rahbari tashabbusi bilan o`rnatilishi lozim bo`lgan “xalqni rozi qilish” tamoyili ta`lim tizimi uchun ham tegishlimikan?

Minglab ota-onalar, talabalar- ning noroziligiga qaramay, kontrakt-to`lovlari birdan 18 foizga oshirildi, stipendiya miqdori esa kamaytirildi. Aytishlaricha, aziz va muhtaram o`qituvchilarning maoshla- rini oshirish, boshqa xarajatlarni qoplash asosiy maqsad emish. Bil- madim, xalq buni “boltaning sopini o`zidan chiqarish”, dermidi?!

ODAMLAR NIMA DEYDI?

Bugungi kunda Oliy ta`lim muassasalarida shartnoma asosida o`quvchi talabalar soni 300 mingdan ortiqni tashkil etmoqda.

Talabalar ham, ota-onalar ham, jamoatchilik ham qaror loyihasini asosan keskin tanqid qilmoqdalar. Mana, ayrim sharhlar: “Tartib avvalgicha qolishi kerak. Bu qaror barcha talabalarga nisbatan adolatsizlik!” “Bu qaror shundoq ham qiyin ahvolimizni battar yomonlashtiradi”, “400 ming so`mlik stipendiya faqat kontrakt pulini kamaytirish uchun qo`llanganda to`g`ridir”, “talabalarga o`zlashtirishiga qarab stipendiya to`lanishi maqsadga muvofiqdir”, “bu insofdanmas”, “qarorda mantiq yo`q”, “o`ta darajada adolatsizlik!”, “avval o`qishdagi adolatsizliklarni, korrupsiyani, “tanish-bilishchiliklarni yo`qoting”, “o`zi shu stipendiyaga ham darsdan keyin kafeda idish yuvib kun ko`raman”, “bu qaror ta`lim tizimini batamom o`ldirib, erga ko`madi”, “bechora ota-onamizdan qanday, qaysi yuz bilan pul so`raymiz?! Ota-onalari yo`qlar-chi...”, “siz nomigagina otasining puliga o`qib yurganlar bilan o`z kuchiga ishonib, kechani-kecha demay, ota-onasiga og`ir tushmasin deb tinmay o`qiydigan, kontraktining bir qismini stipendiya bilan yopayotganlarni bir ko`rdingizmi?!” Bular — xalqning nolalari.

To`g`ri, ayrim haftafahm da`volar ham jarangladi: “Hech bir zamonda va makonda oliy ma`lumot olish arzon bo`lmagan!”

 

BIRINChIDAN, Germaniya, Xitoy va qator dav- latlarda oliy ta`lim bepul va hatto ta`lim uchun pul olish man qilingan. Turkiya oliy o`quv yurtlari minglab o`zbek talabalarni tekinga o`qitmoqda va hatto tekin yotoq va ovqat bilan ta`minlamoqda. O`n minglab o`zbeklar Rossiyada ta`lim olmoqda va ularning aksariyati Rossiyabyudjeti hisobidan ta`minlanmoqda.

IKKINChIDAN, bobolarimiz qurgan madrasalarda talabalar uchun ota- onalari shartnoma tuzmagan va pul to`lamagan. Alisher Navoiy o`zlari qurgan madrasalardagi minglab talabalarning ta`minotini o`z hisoblaridan to`laganlari ma`lum.

UChINChIDAN, bu eng asosiysi, mam- lakatimizning va davlatimizning ijtimoiy siyosati nima bo`ladi?!

Byudjetning ulkan qismi ta`lim va sog`liqni saqlashga ajratiladi, deb kerilamiz. Bog`chaning ham “elita uchun”lari chiqdi, maktablarning yaxshi ta`lim beradiganlari pullik bo`la boshladi, sog`liqni  saqlashga pul to`lashni — majburiy sug`urtani kiritish rejalari tuzilgan... Davlat — xalqning himoyachisi emasmi? Davlat shu insonlarning to`lagan pullari evaziga yig`ilgan byudjetdan kun ko`rmaydimi?!

XULOSA O`RNIDA:

“Talaba stipendiya uchun emas, bilim olish uchun o`qishi kerak emasmi?!” — degan da`vo eshitildi. Talaba — emay-ichmay, faqat ruhiy ozuqa oladigan jannatdagi hurlardan emas, bitta donni cho`qilab, bir kun sayraydigan chittak qush emas, tanasida qoni yo`q kapalak ham emas. Agar ta`lim tizimi faqatgina pul ishlashga o`tsa, davlat o`z ijtimoiy majburiyatlaridan chekinsa, faqatgina boylarning bolalari o`qiydi, tabaqalanish avjiga chiqadi va ijtimoiy bo`hronlar yuzaga keladi.

Qarorni qabul qilishda berilgan takliflarning 99%ida stipendiya to`lashning avvalgi tartibi qolishini so`rashmoqda. Agar shunga qaramay, ushbu qaror qabul qilinsa, qonun loyihasini muhokamaga qo`yishdan nima foyda!? Takliflar inobatga olinsa, xalqning davlat organlari va qonunlarga bo`lgan ishonchi va hurmati oshadi.

Karim BAHRIEV, jurnalist

Sharhlar

2022 yildan boshlab "Mirzo Ulug`bek vorislari" respublika tanlovi o`tkaziladi

22.01.2022, 11:21

2022 yildan boshlab har yili «Mirzo Ulug`bek vorislari» respublika tanlovi o`tkaziladi.Tanlovni o`tkazishda:I bosqich fevral-mart oylarida tuman (shahar)larda o`tkaziladi va unda eng yuqori natijaga erishgan har...
Talabalarga temir yo`l chiptalari uchun 50 foizli chegirma beriladi

25.12.2021, 21:07

Talaba va o`quvchilarga qo`shimcha imkoniyat va qulaylik yaratish maqsadida, xususan, talabalarni doimiy yashash joylariga borish va qaytishi uchun ichki temiryo`l va aviaqatnovlarga chiptalarni maxsus 50...
Oliy ta`lim vazirligi talabalarga yana bir xushxabarni e`lon qildi

16.12.2021, 08:37

Avvalroq talabalar kontrakt pulini to`lash muddati uzaytirilgani haqida ma`lum qilgan edik. Unga ko`ra, to`lov-kontrakt mablag`larini to`lash 2021 yilning 31 dekabriga qadar mumkin etib qo`yildi.Shuningdek, Oliy...
Ijarada yashovchi talabalar uchun muhim yangilik e`lon qilindi

27.09.2021, 11:07

Talabalarga ijara to`lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi.Hukumat Qarori bilan Davlat oliy ta`lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to`lovining bir qismini...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1