O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun kunduzi Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 20-25° bo`ladi.
Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, baland tog`larda qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining tog`li hududlarida (2000 m dan yuqorida) qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`za joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 13-18° bo`ladi.






