Prezident Shavkat Mirziyoev ShHT Hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federasiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi.
Uchrashuvda ta`kidlanganidek, avvalo oliy darajada yo`lga qo`yilgan faol munosabatlar va konstruktiv muloqot ikki tomonlama hamkorlikni misli ko`rilmagan darajaga ko`tarish va uni yangi amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilib kelmoqda.