1

Dilmurod Masaidov: “Gulbahor Yo`ldoshova“Qo`qon shamoli” filmi uchun ham yana biroz yashashga harakat qilgandi”

Madaniyat 01.11.2019, 18:56
Teglar: Gulbahor Yo`ldoshova, Qo`qon shamoli
Dilmurod Masaidov: “Gulbahor Yo`ldoshova“Qo`qon shamoli” filmi uchun ham yana biroz yashashga harakat qilgandi”

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Gulbahor Yo`ldoshevaning so`nggi roli Mohlaroyim haqida  “Qo`qon shamoli” tarixiy filmi   rejissyori Dilmurod Masaidov Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida bo`lib o`tgan kitobxonlar bilan uchrashuvda  fikr bildirdi:

—“Qo`qon shamoli” filmiga  kinosinov o`tkazganimizda Mohlaroyim (Umarxonning onasi) roliga O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Gulbahor Yo`ldoshovani bir ovozdan tasdiqlagan edik. Men uning obrazidan butun filmni tasavvur qilar, u har tamomlama roliga munosib iste`dod vakilasi edi. Ammo biz filmni boshlash arafasida Gulbahor opaning sog`ligi yomonlashgani haqidagi og`ir xabar eshitdik. Hatto Gulbahor Yo`ldoshovaning o`zi ham telefon qilib, davolanishga ketayotganligini, istasa boshqa aktrisani o`rniga olishi mumkinligini aytdi. Men juda og`ir vaziyatga tushib qoldim.  Ammo Gulbahor opadan boshqani bu rolga tasavvur qila olmas edim. “Kutaman va albatta, siz bilan Mohlaroyim obrazini yaratamiz”, dedim.

Gulbahor Yo`ldoshova  “Qo`qon shamoli” filmi uchun ham yana biroz yashashga harakat qildilar, deb o`ylayman. Suratga olish paytida ham “Ishmi ish, nima qilishim kerak tayyorman?!”, derdilar. Gulbahor Yo`ldoshova obrazida matonatli, g`ururli san`atkor siymosini ko`rdim. Afsuslar bo`lsinki, suratga olish ishlaridan bir hafta o`tib san`kor omanatini Haqqa topshirdi. Men hozir turli gap-so`zlarga qaramay Gulbahor Yo`ldoshovani kutganim va so`nggi rolini tarixga muhrlaganim uchun ko`nglim taskin topadi. 

Eslatib o`tamiz, kino ijodkorlar bilan bilan uchrashuv “INFOLIB UZBEKISTAN-2019”  VIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida “O`zbekkino” Milliy agentligi bilan hamkorlikda o`tkazildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1