AsosiyDunyo

So`nggi 12 yilda 1010 jurnalist o`ldirilgan

'So`nggi 12 yilda 1010  jurnalist o`ldirilgan'ning rasmi

2007 yildan to shu kunga qadar sayyoramizda 1010 nafar jurnalist turli jinoyatlar, harbiy harakatlar va boshqa hodisalarning qurboni bo`lgan.

            YuNESKOda Xalqaro jurnalistlarga qarshi jinoyatlarning jazosiz qolishiga barham berish kuni munosabati bilan o`tkazilgan tadbirda BMT Bosh kotibi Antonio Guterresh ana shu ma`lumotni taqdim etdi. Uning bayonotida qayd etilicha, jurnalistlarga qarshi amalga oshirilgan  harakatlar bu jamiyat taraqqiyotiga qarshi mudhish jinoyatdir. “Agar ularning xavfsiz faoliyat yurtishi uchun etarlicha shart-sharoitlar yaratilmas ekan, Er yuzida tartibsizlik, noto`g`ri va noxolos ma`lumotlarga to`lib toshgan muhit hukmron bo`ladi” – dedi Guterresh 

Ma`lumki, 2013 yil 2 noyabr kuni Malida ikki nafar fransuz jurnalistining o`ldirilishi sababli ushbu kun BMTning 68,163-sonli rezolyusiyasiga binoan Xalqaro jurnalistlarga qarshi jinoyatlarning jazosiz qolishiga barham berish kuni deb e`lon qilingan edi. Mazkur xalqaro hujjatga ko`ra, BMTga a`zo barcha davlatlar o`z hududida jurnalistlar va barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarining erkin faoliyat yuritishi, ularga qarshi har qanday xatti-harakatlarga nisbatan qonuniy choralar ko`rilishi lozimligi belgilab qo`yilgan. 

            Antonio Guterreshning ta`kidlashicha, ayni paytga qadar turli sabablarga ko`ra fojiali halok bo`lgan jurnalistlarning o`limi uchun javobgar kimsalarning 90 foizi jazosiz qolmoqda. 

    Boshqa yangiliklar