AsosiySalomatlik

Mandarinning ham salbiy tomonlari mavjud...

'Mandarinning ham salbiy tomonlari mavjud...'ning rasmi

Mandarin po`sti o`t suyuqligi tarkibini yaxshilaydi. U antioksidant va yallig`lanishga qarshi ta`sir ko`rsatishi sabab yurakka mador bo`ladi.


Mandarin po`stining spirtli tindirmasi ishtahani ochadi, hazm qilishni yaxshilaydi. 

 

Ko`ngil aynishida, kekirishni kamaytirishda yordam beradi.

 

Mandarin qobig`i bosh miya tomirlari aterosklerozida qo`llanilishi sabab, insultdan keyingi qayta tiklanishlarda foyda bo`ladi. Xolesterin almashinuvining buzilishida mandarin po`sti samarali yordam beradi. 

 

Mandarinning ham salbiy tomonlari mavjud:

U oshqozon devorlari shilliq qavatini ta`sirlantirishi mumkin. Gastrit yoki oshqozonida yarasi bo`lganlar uchun mandarin po`sti tavsiya etilmaydi.

 

Reseptlar:

• 1 oshqoshiq quritib, maydalangan mandarin po`sti, bir stakan suvga solinib, yarim soat davomida tindiriladi. Unga asal qo`shib shamollash profilaktikasida qabul qilinadi.

 

• Tumovga chalinganlar uchun 2-3 dona mandarin po`stiga suv quyilib, ingalyasiya qilinadi.

    Boshqa yangiliklar