AsosiyShou-biznes

Shon Penn Sharliz Teronning o`g`lini o`z farzandligiga olmoqchi

2014 yildan buyon uchrashib yurgan gollivudlik Shon Penn va Sharliz Teron Teronning o`g`li Jeksonni birgalikda tarbiyalashga qaror qilishdi, deya xabar qiladi Closer Weekly.

Penn allaqachon zarur hujjatlarni tayyorlashni boshlab yuborgan. Shonning do`stlari so`zlariga ko`ra, bolakay Shonni dada demoqda.

“Shayton advokati”, “Shirin noyabr”, “Maxluq” (ushbu film uchun “Oskar” olgan) kabi filmlarda rol ijro etgan 39 yoshli Sharliz Teron 2012 yil JARdan bu bolani asrab olgan va unga Jekson deya ism qo`ygandi.

“Nozik qizil chiziq”, “21 gramm” kabi filmlar ishtirokchisi 54 yoshli Shonn Penn aktrisa Robin Rayt bilan nikohidan o`g`il va qizini tarbiyalamoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar