O`zbekiston Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston liberal-demokratik partiyasi Shavkat Mirziyoevni O`zbekiston bosh vazirligiga nomzod sifatida ko`rsatdi. Bu haqda kun.uz nashri xabar bermoqda.
Qayd etish joiz, parlament saylovlarida “O`zLiDeP” eng ko`p – 52ta deputatlik o`rnini qo`lga kiritib, bosh vazir nomzodini taklif qilish huquqiga ega bo`lgandi.
Qayd etish joiz, Shavkat Mirziyoev O`zbekistonning amaldagi bosh vaziri hisoblanadi.





