AsosiyJamiyat

Toshkent shahar kengashida 6 nafar senator saylandi

2015 yil 14 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Senat a`zolarini saylash bo`yicha xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlarining yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda uz24.uz xabar bermoqda.

Unda Toshkent shahridan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga 6 nafar a`zolarini saylash masalasi ko`rib chiqildi.

Yig`ilishda Oqsoqollar kengashi davlat va jamiyat faoliyatining turli tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo`lgan hamda alohida xizmat ko`rsatgan, o`z saylovchilari tomonidan keng qo`llab-quvvatlanayotgan eng obro`li deputatlarni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zoligiga nomzod etib ko`rsatdi. Senat a`zoligiga tavsiya etilgan har bir nomzod bo`yicha alohida muhokama o`tkazildi. Yashirin ovoz berish byulleteniga oltita Senat a`zoligiga nomzodlar kiritildi.                   

Yashirin ovoz berish natijalariga ko`ra, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi, Toshkent shahar hokimi R.Usmanov, Toshkent shahar Kengashi deputatlari - Olmazor tumani hokimi B.Gaibnazarov, «Toshkent yo`lovchi vagonlarni qurish va ta`mirlash zavodi» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi F.Dadaxodjaev,  akademik V.Vohidov nomli ixtisoslashgan xirurgiya markazining bo`lim boshlig`iZ.Nizomxodjaev, Olmazor tumanidagi «Achaobod» mahalla fuqarolar yig`ini raisi X.Hikmatov, Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori A.ShinToshkent shahridan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Senat a`zolari-senatorlar etib saylandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar