O`zbekiston-Tojikiston chegarasidagi postga hujum qilganlar IShID jangarilari ekani tasdiqlangani aytilmoqda.
Aytilishicha, jangarilar 3 noyabr kuni Afg`oniston orqali Tojikistonga o`tishgan. Ushlanganlar tergov qilinganda ular "Ishqobod" postiga hujum uyushtirganda "maxsus topshiriq"ni bajarishganini tan olishgan.
Ma`lumot uchun, bugunTojikiston konstitusiyasi qabul qilingan kun hisoblanadi.
Izoh: Suratda hujum qilingan postdagi holat.