Surxondaryo viloyatida bodom gulladi. Bu haqda «O`zbekiston ovozi» gazetasiga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
Denov tumanidagi uzumchilik va mevachilik tajriba xo`jaligi ilmiy xodimi Ne`mat Ostonaqulovning ma`lum qilishicha, bodom asosan fevral, mart oylarida gullasa, tog`larda aprelda kurtak ochadi.
«Havo haroratining mutassil +10 daraja iliq kelishi natijasida bu yil bodom erta gulladi», – deydi Ostonaqulov.





