1

Peterburgda o`zbekistonlik yigit tashkil etgan noqonuniy kazino aniqlandi

Dunyo 07.11.2019, 10:04
Peterburgda o`zbekistonlik yigit tashkil etgan noqonuniy kazino aniqlandi

Rossiyaning Peterburg shahridagi Budapesht ko`chasida  39 ta o`yin avtomati bo`lgan noqonuniy kazino faoliyati to`xtatildi. Bu haqda shahar prokuraturasi xabar bergan.

Tekshiruv jarayonida 39 ta o`yin avtomat musodara qilindi. Mazkur kazinoni 38 yoshli rossiyalik ayol va 24 yoshli o`zbekistonlik yigit tashkil qilgani ma`lum bo`ldi. Binoda qimor o`yinlari o`tkazilgani aniqlandi. Bu holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zhatildi. Tergov ishlarini shahar prokuraturasi nazorat qilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1