1

Bugun O`zbekiston xalq artisti Nabi Rahimov tavalludiga 108 yil to`ldi

Madaniyat 07.11.2019, 10:48
Bugun O`zbekiston xalq artisti Nabi Rahimov tavalludiga 108 yil to`ldi

O`zbekiston xalq artisti Nabi Rahimov 1911 yilda 7 noyabrda Qo`qonda tavallud topgan.

Nabi Rahimov 1926-1929 yillarda Qo`qon teatri spektakllarida qatnashgan. 1930 yildan to umrining oxirigacha Hamza nomidagi O`zbek Davlat (hozirgi O`zbek milliy akademik drama teatri) akademik drama teatrida etakchi aktyor sifatida samarali faoliyat ko`rsatdi. U oltmish yildan ziyod sermazmun va serqirra ijodiy faoliyati davrida juda ko`p spektakllarda bosh rollarni o`ynab, to`laqonli, betakror obrazlar yaratdi.

Teatr tomoshabini ko`z o`ngida Nabi Rahimov deganda Yago, Bobo Kayfiylar obrazi gavdalanadi. O`zbek kino san`ati ravnaqida ham Nabi Rahimovning xizmatlari benihoya kattadir. U yaratgan “Stadionda uchrashamiz“ dagi Aliev, “O`tgan kunlar“ dagi usta Olim, “Qutlug` qon“ dagi Shoqosim, “Abu Rayhon Beruniy“ dagi Xo`jandiy, “Kelinlar qo`zg`oloni“ dagi usta Boqi kabi obrazlar ko`pchiligi kino san`atida mashhurdir.

Nabi Rahimov 1994 yilda Toshkentda vafot etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1