AsosiyShou-biznes

Konsert-tomosha faoliyati uchun lisenziya reyting guruhi 8tadan 6taga qisqartirildi

“O`zbeknavo” estrada birlashmasining 2014 yilgi faoliyatiga bag`ishlangan yig`ilishida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida madaniyat va san`atni keng rivojlantirishga qaratilayotgan e`tibor natijasida bayram va sayllar, turli madaniy-ma`rifiy tadbirlarni ko`tarinki ruhda o`tkazish borasida katta tajriba to`plangani, ushbu tantanalarda milliy estrada san`ati vakillari va yosh iqtidor sohiblari munosib ishtirok etayotganini ta`kidlandi.
O`tgan yili yurtimizning barcha hududlarida umumxalq bayramlari, ijodiy uchrashuvlar, konsert dasturlari, xalqaro sport musobaqalari, ilmiy konferensiyalar va turli anjumanlarga bag`ishlab tashkil etilgan madaniy tadbirlarga taniqli xonandalar va badiiy jamoalar keng jalb qilindi.
“Biz – buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostidagi yoshlar festivali munosabati bilan joylarda gala-konsertlar uyushtirildi.
Birlashma tomonidan “Sog`lom bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, san`atkorlarning ijro intizomini mustahkamlashga alohida e`tibor qaratildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 15 apreldagi “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko`rsatish bilan bog`liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori asosida konsert-tomosha faoliyati uchun yagona lisenziya blankasi joriy etilib, mavjud 8 reyting guruhi 6 taga qisqartirildi. Lisenziya olish uchun murojaat qilgan ijrochilarning ijodiy ko`maklashuvchi vakillar guruhi yig`ilishida ishtirok etib, jonli ijroda o`z mahoratini namoyish qilish tizimi joriy etildi.
Tadbirda ijodiy tashkilotning 2015 yildagi vazifalari atroflicha muhokama qilindi. Milliy estrada san`atini yanada rivojlantirish, “shoir – bastakor – xonanda” hamkorligini yanada mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni kashf etishga qaratilgan turli ko`rik-tanlovlar o`tkazish, mamlakatimizning barcha hududida zamonaviy talablarga javob beradigan ovoz yozish studiyalari faoliyatini yo`lga qo`yish, ijrochi va ijodiy jamoalar haqida ma`lumotlar, ular tomonidan ijro etilgan qo`shiqlar, she`r matnlarini o`z ichiga oladigan elektron bazani shakllantirish va uni doimiy yangilab borish ko`zda tutilayotgani
qayd etildi.

manba: uza.uz

    Boshqa yangiliklar