AsosiyShou-biznes

Ot izini toy bosar yoki Qilichbek Madalievdan yangi tarona (video)

Qo`shiqlari bilan san`atsevar xalqimiz qalbida chuqur iz qoldirgan marhum xonanda Oxunjon Madaliev tomonidan yaratilgan taronalar hozirda ham sevib tinglanmoqda. Ayniqsa, ushbu qo`shiqlarning zamonaviy talqinda ijro qilinayotganligi va muxlislar olqishlariga sabab bo`layotganligi kishini quvontiradi.

Yaxshi qo`shiq yaratishda shoir, bastakor va xonandaning o`zaro yaqin hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ijodiy hamkorlik natijasi o`laroq paydo bo`lgan tarona esa, albatta, dilga yaqin bo`lishi, tabiiy.

Otasi izidan borib, uning qo`shiqlariga qayta jon baxsh etayotgan Qilichbek Madaliev Oxunjon Madaliev repertuaridan joy olgan “Etardi” nomli qo`shiq va unga ishlangan videoklipni qayta kuylab keng ommaga taqdim etmoqda. 

Videoklipda bosh rollarni aktrisa Muqaddas Sa`dullaeva hamda xonandaning o`zi ijro etgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar