Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Sergili tumanida markaziy chorrahalardan biri yopib qo`yilgani haqida norozilik xabarlari chiqa boshladi. Vaziyat blogerlar nazaridan ham chetda qolmadi. Xususan:
“Sergeli tumanini shahar markazi bilan bog`laydigan asosiy yo`ldagi tirbandliklarning oldini olish uchunmi «O`zgarish» chorrahasi 4-5 kun muqaddam beton to`siqlar bilan yopib tashlandi.
Shunday qilib, Choshtepa tomondan kelgan transport vositalari Katta xalqa yo`lidagi ko`prikka qadar yurishlari va o`sha erdan shahar tomonga harakatlanish uchun asosiy yo`lga tushib olishlari mumkin.
Bir hisobdan haydovchilar xursand. Tirbandlik nisbatan kamaydi.
Ammo, bu o`zgarish Zangiota tumani markazidan tortib, Choshtepa mahallasigacha bo`lgan hudularda yashovchilar uchun noqulaylik tug`dirishini ham tan olaylik.
Aytishlaricha, ushbu huddlardan Janubiy vokzalga qadar yuradigan kirakashlar ham masofaning uzoqlashgani hisobiga darrov narxlarni oshirishgan.
Aslida tayyor yo`lni yopgandan ko`ra, mutasaddilar “Mening fikrim” portalida qoldirilgan taklifni o`rganib ko`rishsa yaxshi bo`lardi.
Darvoqe, 7 noyabr tonggida piyodalar o`tishi uchun svetoforning qayta ishga tushirilganligi sababli yo`lda yana tirbandlik kuzatila boshlandi.
Nima bo`lganda ham, bu ta`qiq muammoga echim emas. Vaqtincha chora, xolos...” — deya munosabat bildirilgan.
Biz ham mutasaddi tashkilotlardan asosli javob kutib qolamiz.






