Tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy ravishda yurtimizga olib kirishga urinish bilan bog`liq navbatdagi qonunbuzarlik holati bojxona xodimlari tomonidan fosh etildi.
Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postiga qo`shni davlatdan kirib kelgan S.M. ismli shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, mazkur shaxs kiyimining cho`ntaklari ichidan deklarasiyalanmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan, yashirincha olib kirilayotgan salkam 50 million so`mlik turli hajmlardagi jami 699 dona “Micro SD”nomli mikrofleshkartalar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.