1

Buxoroda erkak 1 yashar farzandiga "baklashka" otgan fuqaroni o`ldirib qo`ydi

Jinoyat 09.11.2019, 09:37
Buxoroda erkak 1 yashar farzandiga "baklashka" otgan fuqaroni o`ldirib qo`ydi

Buxoro shahrida "Matiz" haydovchisi yo`lovchini ikki kishi bo`lib urib, o`ldirib qo`ydi. Bu haqda Buxoro viloyati prokuraturasi bo`lim boshlig`i Inoyat Qilichev ma`lum qildi.

Ma`lum bo`lishicha, Azizbek Jo`raev o`zining "Matiz"ida ketayotganda shahardagi Ibn Sino va Mustay Karim ko`chalari kesishmasidagi tirbandlikda O`ktam Rahmatov "Azamat" do`koni oldida "Neksiya" taksisini to`xtatib turgan bo`lgan. Unga Azizbek jahl qilib «Hayda! Shu erda ham to`xtatasanmi?!» deb baqirgan. Shu payt unga javob qaytarish uchun O`ktam qo`lidagi "baklashkani" uloqtirgan va u kelib Azizbekning 2017 yilda tug`ilgan farzandiga tekkan. Shu payt haydovchi bilan ketayotgan otasi Erkin Jo`raev ham o`zini tutib tura olmagan va ota-o`g`il O`ktamni o`lguncha do`pposlagan. O`ktam shifoxonaga yotqizilgan, lekin shifokorlarning sa`y-harakatiga qaramay vafot etgan.

Voqea yuzasidan bo`lib o`tgan sudda Azizbek Jo`raevga 8 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. Otasi Erkin Jo`raevga esa 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayin­langan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1