1

Turkiyada fohishalik qilgan o`zbekistonlik ayollar qo`lga olinib, mamlakatdan deportasiya qilindi

Dunyo 09.11.2019, 10:16
Turkiyada fohishalik qilgan o`zbekistonlik ayollar qo`lga olinib, mamlakatdan deportasiya qilindi

Turkiyaning Artvin viloyati, Hopa tumanida Rossiya, Ukraina, O`zbekiston va Gruziya fuqarosi bo`lgan ayollar fohishalik qilgani aniqlandi. Bu haqda Turkiyaning Hürriyet nashri xabar berdi. 

O`tkazilgan tezkor tergov amaliyotlari natijasida Artvin viloyati xodimlari fohishalikda ayblanayotgan 33 nafar yosh ayol va ushbu jinoiy biznes tashkilotchilarini qo`lga olgan. Ayollarning 5 nafari o`zbekistonlik, 20 nafari Gruziya, 4 nafari Qirg`iziston, 3 nafari Rossiya va 1 nafari Ukraina fuqarosi bo`lgan. Voqea 14 oktyabrda ro`y bergan.

Tergovda yig`ilgan ma`lumotlarga ko`ra, tibbiy tekshiruvdan o`tkazilgan 33 ayoldan 12 nafarida teri-tanosil kasalliklari borligi aniqlangan.
Xabarda aytilishicha, ayollar sud jarayonidan so`ng o`z vatanlariga deportasiya qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1