1

Saudiya O`zbekistonni mag`lub etsa, har bir futbolchiga 12 ming dollardan beriladi

Sport 16.01.2015, 16:50
Saudiya O`zbekistonni mag`lub etsa, har bir futbolchiga 12 ming dollardan beriladi

Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi mamlakat terma jamoasi futbolchilariga katta miqdorda mukofot pullarini va`da qildi. Bu haqda www.akhbaar24.argaam.com'ga asoslanib Stadion.uz xabar tarqatdi.

Jumladan, terma jamoa O`zbekistonni mag`lub etib, chorak finalga chiqsa, har bir futbolchi 44 ming rial (12 ming dollar) miqdorida mukofot pulini qo`lga kiritadi (bunda: 17 ming rial O`zbekistonni mag`lub etgani uchun, 27 ming rial chorak finalga chiqqani uchun).

KXDR terma jamoasi mag`lub etilgani uchun saudiyalik futbolchilarning har biri o`z hisobiga 15 ming rial miqdorida mukofotni yozib qo`ygandi.

Saudiya Arabistoni yarim finalga chiqsa, har bir futbolchi qo`shimcha 35 ming rialdan, finalga chiqsa esa 50 ming rialdan ishlaydi.

Shu tariqa, Saudiya chempionlikni qo`lga kiritsa, har bir futbolchi oladigan mukofot puli 370 ming rialga etadi. Qo`shimchasiga hukumat, rahbarlar va tadbirkorlar tomonidan beriladigan qo`shimcha bonus va mukofotlar evaziga har bir o`yinchining mukofot puli 500.000 rial (137 ming dollar)ga etishi mumkin.

Ushbu mufokot jamg`armasi Saudiya Arabistoni futboli tarixidagi eng yirigi hisoblanadi.

Manba: www.stadion.uz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1