1

"Bu vaxshiylik" — Facebook va Googlega ana shunday "ta`rif" berishdi

Dunyo 10.11.2019, 00:25
"Bu vaxshiylik"  — Facebook va Googlega ana shunday "ta`rif" berishdi

Edvard Snouden yana bir bor global IT gigantlarini tanqid qilib, ularning biznes modellarini shaxsiy hayotga qonuniy tajovuz bilan taqqosladi. Bundan tashqari, u EI ma`lumotlarini himoya qilishning umumiy reglamentini (GDPR) tanqid qilib, mavjud muammolarni hal qila olmagan “yaxshi urinish“ ekanligini aytdi.

AQSh Milliy xavfsizlik agentligining (MXA) sobiq xodimi Edvard Snouden video konferensiya orqali Lissabonda Portugaliyadagi Web Sammit texnologiya konferentsiyasida ishtirok etdi. U o`z nutqida global IT korporatsiyalariga, xususan Amazon, Google va Facebookʼga e`tibor qaratdi, ularning biznes modellarini foydalanuvchilarning shaxsiy hayotiga “buzish“ bilan tenglashtirdi.

MXA tomonidan kuzatuv haqidagi maxfiy ma`lumotlarni oshkor qilganidan beri, Internet xavfsizligi nuqtai nazaridan dunyo o`zgarganmi yoki yo`qmi degan savolga, Snouden ijobiy javob berdi. Uning so`zlariga ko`ra, “talonchilik“ zamonaviy sharoitda keng tarqalgan - davlat va xususiy kompaniyalar tom ma`noda odamlar va ularning shaxsiy ma`lumotlarini talashmoqda. Shu bilan birga, foydalanuvchilarning xabardorlik darajasi o`smoqda, shuning uchun ular “haqli ravishda g`azablanadilar“.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1