Suriyaga borib IShID tarkibida jang qilmoqchi bo`lgan samarqandlik yigit qo`lga olindi

Jinoyat 11.11.2019, 16:49
Suriyaga borib IShID tarkibida jang qilmoqchi bo`lgan samarqandlik yigit qo`lga olindi

Samarqand viloyati Pastdarg`om tumanida tug`ilgan Farruh Eshmurodov Suriyaga borib IShID tarkibida jang qilmoqchi bo`lgan. Bu haqda Samarqand viloyati prokurorining katta yordamchisi Fayzulla Egamqulov ma`lum qildi.

Farruh Rossiyaga ishlashga borgan va o`sha erda xonadoshlaridan islomiy ta`lim ola boshlagan, masjidlarga borib namoz o`qishni ham o`rgangan. Bu yaxsha albatta, deydi prokurorining katta yordamchisi.

Lekin keyinchalik u din niqobi ostida yovuzlkini targ`ib qiluvchilar changaliga tushib qoladi. Farruh “Odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmog`ida o`z shaxsiy profilini ochadi. U erda esa ekstremizm va aqidaparastlik g`oyalarini keng targ`ib qiluvchi Abdulloh Zufar, Abu Umar, Iqbol kabi jami 29 profil egalari bilan do`stlashadi. Ular Farruhning ongini zaharlab unga ham konstitusiyaviy tuzumni ag`darib, butun dunyoda islomiy davlat qurish g`oyasini singdira boshlaydi. Farruh ushbu g`oyalarga shunchalar singib ketganidan xatto Suriyaga borib IShID safida jang qilish istagida yonadi. Lekin huquq-tartibot organlarining sa`y-harakatlari bilan u vaqtida to`tatitilib qolinadi.

U sudlandi va sud qaroriga ko`ra, Farrux Eshmurodov besh yarim yilga qamaldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1