Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumani “Bobolochin“ mahallasida yashab kelgan Mavluda Qulmatova 2019 yilning may oyida uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan. Bu haqda Qumqo`rg`on tumani prokuraturasi “Xalq so`zi“ga ma`lum qilgan.
Qayd qilinishicha, tumanning “Bobolochin“ mahallasi Tinchlik ko`chasi 154-uyda yashovchi E.Shayimov tuman prokuraturasiga murojaat qilib, turmush o`rtog`i 2019 yilning 15 may kuni yashash uyidan, “uyimdagilarni oldiga borib kelaman“ deb chiqib ketib qaytib kelmaganini bildirgan va uni topishda ko`mak so`ragan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bedarak yo`qolgan Mavlud Qulmatova Ortiqovna 1984 yilda Boysun tumanida tug`ilgan, millati o`zbek, uy bekasi, oilali. Yo`qolgan kuni egnida qizil rangdagi ko`ylak va shu rangdagi lozim bo`lgan. Oyog`ida oddiy qora rangdagi shippak bo`lgan. Sochlari o`rtacha qora, ko`zlari qora rangda. Bo`yi taxminan 155-165 sm, o`rtacha gavdali rangi bug`doyrang-sariq rangda qoshlari qalin qora rangda.
Kimda kim bedarak yo`qolgan M. Qulmatovani ko`rgan, yoki u haqida eshitgan bo`lsa, IIB idoralariga yoki 102 telefon raqamiga qo`ng`iroq qilishi so`raladi.