Putin Toqaev bilan emas, Nazarboev bilan telefon orqali suhbatlashdi

Dunyo 12.11.2019, 14:35
Putin Toqaev bilan emas, Nazarboev bilan telefon orqali suhbatlashdi

Kecha, 11 noyabr kuni Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin Qozog`istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboev bilan telefon orqali suhbatlashdi. 

Suhbat davomida Putin va Nazarboev Sankt-Peterburgda Oliy Evroosiyo Iqtisodiy Kengashi majlisiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilishdi. Ushbu uchrashuv 2019 yil dekabr oyida bo`lib o`tishi kerak.

Bundan tashqari, Putin va Nazarboev mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Eslatib o`tamiz, 2019 yil may oyida Nazarboev Evroosiyo iqtisodiy ittifoqining faxriy raisi unvoniga sazovor bo`lgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1