Toshkentda belgilangan tezlik oshirilishi natijasida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.
Aniqlanishicha, 10-oktyabr kuni taxminan soat 17.30 da Mirzo-Ulug`bek tumani T. Malik ko`chasida “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi 31 yoshli Aziz X. beton to`siqqa urilgan. YTH natijasida haydovchi tan jarohatlari bilan tibbiy yordam uchun murojaat qilgan.
YTHga sabab, haydovchi tezlikni oshirgach, boshqaruvni eplay olmagan, deya baholanmoqda. Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko`ra, Aziz X. o`rta og`irlikdagi tan jarohatlari olgan.






