14 noyabr kuni soat 17.00 da “Paxtakor” stadionida Jahon chempionati-2022 saralash bosqichining navbatdagi o`yini – O`zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o`rtasida bo`lib o`tadi.
Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi stadionga kelishni rejalashtirayotgan futbol muxlislaridan avtomobillarni “Paxtakor” stadioni atrofidagi yo`llar chetida emas (Islom Karimov, Olmazor va Navoiy ko`chalari), balki “Xumo Arena” muz kompleksining avtoturargohida qoldirishlarini so`ragan.
Sport tadbiriga tashrif buyuruvchilardan ilgariroq kelib, futbol muxlislari uchun maxsus ajratilgan avtoturargohdan joy egallash hamda taksi yoki jamoat transporti xizmatlaridan foydalanish tavsiya etilgan.