AsosiyJamiyat

Toshkentdagi «Bek Baraka» bozori yaqinidagi plastmassa sexida yong`in yuz berdi

2015 yil 18 yanvar kuni Toshkentdagi «Bek Baraka» bozori yaqinida joylashgan plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish sexida yong`in yuz berdi, deb xabar bermoqda daryo.uz «Uz24.uz»ga asoslanib.

«Yong`in Toshkent vaqti bilan soat 12:58 da boshlandi, 13:24 da esa voqea joyiga etib kelgan o`t o`chiruvchilar olovni o`chirdi. Yong`inni o`chirishda 10 ta o`t o`chirish mashinasi qatnashdi», − deyiladi Toshkent shahar IIBB Yong`in xavfsizligi boshqarmasi navbatchi qismi tomonidan «Uz24.uz»ga berilgan xabarda.

Foto: Facebook / Potrebitel.uz

Foto: Facebook / «Potrebitel.uz»

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yong`in elktr simlaridagi qisqa tutashuvdan kelib chiqqan. Yong`in natijasida 80 kvadrat metr joy yonib ketgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar