Bu haqda Xalqaro matbuot markazida bo`lib o`tayotgan Xalqaro press-klubning “Press-qahva“ debatida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma`lum qildi.
O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o`rinbosari Erkin Muhiddinovning qayd etishicha, 2020 yilda ishsizlik nafaqasi ikki barobarga oshadi va 644 ming so`mga teng bo`ladi.
Shuningdek, Erkin Muhiddinov yangi Mehnat kodeksi ishlab chiqilayotganini va u jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilganini ham ma`lum qildi. Jamoatchilikdan Kodeks bandlari bo`yicha o`z taklif va talablarini bildirishlarini so`radi.






