AsosiyJamiyat

Sankt-Peterburgda uch o`smir o`zbekistonlik muhojirni pichoqladi

'Sankt-Peterburgda uch o`smir o`zbekistonlik muhojirni pichoqladi'ning rasmi

Mazkur hodisa 11 noyabr kuni kechki payt ro`y bergan, deya xabar qilmoqda fontanka.ru.

Shunga ko`ra, Sankt-Peterburgning Krasnogvardeyskiy tuman sudi o`zbekistonlik 38 yashar mehnat muhojiriga hujumda gumon qilingan uch nafar o`smirni kelgusi yil 12 yanvarga qadar vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga yubordi.

19, 17, 16 va 15 yoshli 4 nafar o`smir «Kovalevo posti» temir yo`l bekatida o`zbekistonlikka hujum qilib, yuziga gaz suyuqligini purkaydi. Shuningdek, ayovsiz tepkilab, 5 marotaba pichoqlaydi. 

Ular muhojirning qo`l telefoni va ichida kiyimlari bo`lgan ryuzakini tortib olgan. O`g`irlangan buyumlar qiymati 7850 rubldan (122 dollar atrofida) oshmagan bo`lsa ham, muhojirga jiddiy jarohat etkaziladi.

Tergov qo`mitasi shahar bo`limi matbuot xizmatiga ko`ra, hujum «ekstremistik kayfiyatlar» tufayli amalga oshirilgan, o`smirlar ijtimoiy tarmoqlardagi millatchilik ruhidagi guruhlarga kirib turgani aniqlangan.

Mazkur hujumda ishtirok etgan to`rtinchi qatnashchi ozodlikni cheklash chorasidan qutulib qolgan. Uning 15 yoshda ekanligi aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar