1

Rishtonda fuqaroning uyida kuchli yong`in sodir bo`ldi

Jamiyat 15.11.2019, 17:18
Rishtonda fuqaroning uyida kuchli yong`in sodir bo`ldi

15 noyabr kuni tungi soat 00:20 da Farg`ona viloyati Rishton tumani Yoshlik MFY M.Qosimov ko`chasi 10-uyda kuchli yong`in sodir bo`ldi.

Xabar asosida voqea joyiga ikkita yong`in o`chirish bo`linmalari jalb etilgan. Bo`linmalar chaqirilgan manzilga 10 daqiqada etib borgan.

Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 00:36 da o`rab olinib, soat 01:30 da bartaraf etilgan. Yong`in oqibatida yashash uyining 100 kv.metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan.

Tan jarohati olganlar va halok bo`lganlar qayd etilmagan. Yong`indan uyning 60 kv.metr maydoni saqlab qolingan va alanga qo`shni uylarga tarqalishi oldi olingan. Yong`inni taxminiy sababi, isitish pechining dudburoni noto`g`ri o`rnatilishidan. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1